Tarix

1995-1996

Kichik va o’rta og’irlikdagi yuk ko’taruvchi avtobus va yuk avtomobillarni ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxonani tashkil etish bo’yicha loyiha ustida ish boshlandi. Samarqand shahrida “AvtoVAZagregat” AOOT asosida “SamKochAvto” o’zbek-turk qo’shma korxonasini tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.11.1996 yilgi 381-sonli Qarori imzolandi. Ta’sischilar shartnomasi imzolandi. Ta’sischilar: O’zbekiston tomonidan – “O’zavtosanoat” Assotsiatsiyasi, Turkiya tomonidan – Kochavtoinvest Limited, Koch Holding A.Sh., Ram Dish Tijaret A.Sh.

1997

Aprel oyida “AvtoVAZagregat” Samarqand zavodi asosida avtozavod qurilishi boshlandi. Qurilish ishlari “DAMA” turk qurilish montaj kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.

1999

19 mart 1999 - tijorat faoliyatining boshlanishi. Yuk ko’taruvchanligi 1.5 dan 10 tonnagacha bo’lgan 5 ta avtobus rusumi va 6 ta “O’zOtoyo’l” yuk tashish avtomobil rusumini o’zlashtirish rejalashtirilgan. Birinchi yildayoq, avtobusning 2ta rusumi (M 23.9 va M 24.9) va yuk tashish avtomobillarining 3ta rusumi (35.9, 80.12, 65.9) o’zlashtirildi.

2000

M 29.12 rusumli avtobus ishlab chiqarilishi o’zlashtirildi. Bundan tashqari shu paytgacha zavodda yuk tashish va maxsus avtomobillar uchun 30 dan ortiq kuzovlar ishlab chiqarilishi o’zlashtirildi.

2001

120.14 rusumli yuk mashinasi va M 23.12 avtobusi ishlab chiqarilishi o’zlashtirildi.

2002

M 50.12 rusumli avtobusi ishlab chiqarilishi o’zlashtirildi. Dekabr oyidan boshlab, ISO 9001:2000 xalqaro standarti bo’yicha Sifat Menejmenti Tizimi sertifikatlandi.

2006

“O’zavtosanoat” AK turk hamkorlaridan aktsiyalarni sotib oldi va “SamAvto” MChJ 100% lik o’zbek kapitaliga ega korxonaga aylandi. Mulkchilik shakli hamda “SamKochAvto” qo’shma korxonasi tashkiloti nomi “SamAvto” MChJga o’zgartirildi. Ta’sischilar tarkibiga “Asaka” banki kirdi.

2006 yil 14 dekabrda – Prezident 531-sonli “Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishning kelgusi rivojlantirilishi va respublika avtotransport parkining yangilanishi bo’yicha me’yorlar” Qarorini imzoladi.

2007

“ISUZU Motors” yapon kompaniyasi shassisi asosida mahsulotlar ishlab chiqarilishi boshlandi. Avtobuslarning 2ta turi (SAZ NP37-shahar bo’ylab yo’lovchilarni tashish uchun va SAZ NP21 – xalqaro yo’lovchilarni tashish uchun) va yuk ko’taruvchanligi 5 tonnagacha bo’lgan yuk tashish avtomobilining 3 turi (NPR 66LL, NPR 66PL, NQR 71PL) ishlab chiqarilishi o’zlashtirildi. Itochu Corporation (Yaponiya) kompaniyasi “SamAvto” MChJ ta’sischilari tarkibiga kirdi. Zavodda ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 18001 xalqaro standartlari asosida menejmentning yaxlit tizimi tatbiq etildi.

2008

ISO 9001:2008, ISO 14001:2004, OHSAS 18001:2007 standartlari bo’yicha SGS kompaniyasi tomonidan o’tkazilgan sertifikatsiyalash auditi muvaffaqiyatli tugallandi. ISUZU og’ir yuk tashish avtomobillari (F,C va E seriyalari) ishlab chiqarilishi o’zlashtirila boshlandi. Fevral oyidan boshlab, korxonada СYZ 51 KLD og’ir yukli o'zi ag'dargichlar va EXZ 51 KL o'zi tortuvchilarining ishlab chiqarilishi boshlandi.

2009

Pastga egiluvchan shahar avtobuslarining o’zining maxsus modelini ishlab chiqish bo’yicha ishlar boshlandi. Avtobus prototipi namoyishi o’tkazildi. ISUZU shassisi asosida o’t o’chirish mashinalarini ishlab chiqarish boshlandi. Dilerlik korxonalari xodimlarini tayyorlash bo’yicha o’quv-amaliy sinf tashkillashtirildi.

2010

 “SamAvto” MChJ, sig’imi 56 kishini tashkil etuvchi, to’la massasi 10,2 tonna, kneeling tizimi bilan jihozlangan, mashina to'xtash jarayonida qiyalatib beruvchi va nogironlar uchun apparel bilan ta'minlangan o’zining pastga egiluvchan LE 60 avtobus modelini takomillashtirmoqda.

2012

30 mayda zavod mahsulotining 10 000 chi yubiley birligining ishlab chiqarilganligiga bag’ishlangan marosim bo’lib o’tdi. Yubiley avtomobili - ISUZU yapon kompaniyasi shassisi asosida ishlab chiqariluvchi - SAZ NP 37 shahar turidagi avtobusi bo’ldi. Gazli dvigatel(metan)li yuk avtomobillarining ishlab chiqarilishining boshlanishi

2013

Tez tibbiy yordam avtomobillarini yig’ish loyihasi boshlandi.

2014

NKR shassisi asosida ISUZU kam tonnali yuk mashinalarini o’zlashtirish boshlandi.

2015

20 fevral kuni Samarqand Avtomobil Zavodida 20 000 chi yubiley avtomobilining tantanali ishlab chiqilishi bo’lib o’tdi. Bu siqilgan tabiiy gazda ishlovchi ISUZU NPR82 avtomobil rusumi bo’ldi. Yaponiyaning Isuzu Motors va “O’zavtosanoat” kompaniyasi o’rtasida 29 iyul kuni Toshkentda Samarqand avtomobil zavodining ustama kapitalida 8%li ulushni realizatsiya qilish to’g’risida kelishuv imzolandi. Samarqand avtomobil zavodi (“SamAvto”) siqilgan tabiiy gazda ishlovchi dvigatelli ilk avtobusini namoyish qildi. Avtobus namoyishi 30 iyul kuni Isuzu Motors prezidenti Susumu Hosoi boshchiligidagi delegatsiyaning O’zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida bo’lib o’tdi.